Daryo

Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Aybdorlardan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 mln 880 ming so‘m jarima undirib olingan

1 daqiqa o‘qish6 606 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qo‘porib tashlangan.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Bosh prokuratura axborot xizmati huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli protsessual chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlar D.E. va A.A.  Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 17 million so‘m  jarima belgilangan.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, huquqbuzarlar D.E. va A.A. dan Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 million 880 ming so‘m undirib olingan.

Tag qismi bilan olib tashlangan safora tegishli soha mutaxassislari hamda tuman ekologiya bo‘limi mas’ullari tomonidan agrotexnik qoidalar va metodlarga asoslangan holda ishlov berilib, biologik o‘g‘itlar bilan to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda o‘z o‘rniga qayta ekilgan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar