Daryo

Andijonda yo‘ldan yugurib o‘tayotgan piyodani Lacetti urib ketdi

Tan jarohati olgan 41 yoshli piyoda omon qolgan

1 daqiqa o‘qish7 936 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani Lacetti urib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 13-may kuni soat 15:00 lar atrofida, Paxtaobod tumani “To‘pabjuvoz” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Haydovchi X.J. Lacetti’ni tartibga solingan chorrahada svetoforning yashil chirog‘ida boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan yugurib o‘tayotgan 1983-yilda tug‘ilgan B.D.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda “o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi” bilan bog‘liq tan jarohati olgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar