Daryo

Buxoroda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Chirchiqda qo‘lga tushdi

U suddan yashirinib yurgani uchun qidiruv e’lon qilingan

1 daqiqa o‘qish28 916 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyati Romitan tumanida qidiruvda bo‘lgan erkak Toshkent viloyati hududida ushlandi. Bu haqda Buxoro IIB xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, fuqaro 8-may kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida ushlangan. U Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, suddan yashiringani uchun  Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. 

1992-yilda tug‘ilgan I.I. Toshkent viloyati hududida qo‘lga olinib, Oltinchi son mintaqaviy hudud 4-son tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar