Daryo

Andijonda 9 mln so‘m qarzi bor fuqaroning Damas’i xatlandi

Unga 680 ming so‘m ma’muriy jarima ham qo‘llangan

1 daqiqa o‘qish6 834 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 9 million so‘m qarzi bor fuqaroning Damas’i xatlandi. Bu haqda MIB “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: MIB

Unga ko‘ra, ogohlantirishlardan keyin ham qarzdorlikni to‘lamagan javobgar X.J.ning Damas avtomobili xatlangan hamda ijro hujjati talabini bajarmagani uchun unga nisbatan 680 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llangan.

Oradan 3 kun o‘tib, avtomobilini qaytarib olish istagida fuqaro qarzdorlikni va ma’muriy jarima summasini to‘liq to‘lagan hamda mashinasini jarima maydonidan olib chiqqan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar