Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-aprel kuni soat 12:30 da Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida joylashgan korxona hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, beshta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:34 da yetib borib, yong‘in soat 12:41 da o‘rab olingan va soat 12:43 da o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ochiq maydonda qurilish chiqindilari 20 kvadrat metr maydonda yongan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Fevral oxirlarida Toshkentda mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqqani va uni o‘chirishga 20 ta ekipaj jalb etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)