Daryo

Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tan jarohat olgan

1 daqiqa o‘qish5 300 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida 23-mart kuni, soat 22:30 larda Nexia-3, Lacetti hamda Nexia-2 rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, YTH oqibatida Nexia-2 avtomashina yo‘lovchisi tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar