Daryo

O‘zbekistonda tarovih namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi ushbu namozning hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish127 902 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi 10-mart, yakshanba kuni tarovih namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Qayd etilishicha, ramazon oyi boshlanishi oldi ado etiladigan ushbu namoz mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda o‘qiladi.

Tarovih namozi hududlar kesimida quyidagi vaqtlarda boshlanadi:

  • Farg‘ona — 20:15;
  • Namangan — 20:15;
  • Andijon — 20:30;
  • Toshkent viloyati — 20:30;
  • Toshkent shahri — 20:30;
  • Sirdaryo — 20:30;
  • Jizzax — 20:30;
  • Samarqand — 20:45;
  • Qashqadaryo — 20:45;
  • Surxondaryo — 20:45;
  • Navoiy — 20:50;
  • Buxoro — 20:50;
  • Xorazm — 21:10;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 21:10.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ramazon oyi 11-martdan boshlanadi. Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda, falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, ramazon oyining birinchi kuni dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga kelgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar