Daryo

“Brentford B” jamoasi “Hitchin Taun”dan ustun keldi, O‘rinboyevdan assist

O‘rinboyev ikkinchi golga assistlik qildi

1 daqiqa o‘qish18 440 ko‘rishlar0 izoh0

“Brentford” jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida raqibidan ustun keldi.

Foto: Brentfordfc

Ji Su Kim, Etan Brierley, Ivan Morgan va Val Adedokun tomonidan kiritilgan gollar “Brentford” g‘alabasini ta’minladi, yosh “asalarilar” 90 daqiqa davomida kuchli o‘yin namoyish etdi.

Muhammadali O‘rinboyev asosiy tarkibda maydonga tushib ishonchli harakat qildi, hujumchilarni bir necha bor yaxshi vaziyatlarga olib chiqdi.

O‘rinboyev ikkinchi golga assistlik qildi. Hamyurtimiz oshirgan to‘p hujumchi Brierleyga yetib bordi va uning zarbasi darvozabonni ojiz qoldirdi.

Muhammadali O‘rinboyev uchrashuvning 73-daqiqasida zahiraga olindi.

“Brentford B” jamoasi 11-mart kuni “Reyndjers”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.  

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar