Daryo

“Poytaxt” biznes markazida yong‘in yuz berdi (video)

FVV rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binodagi yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish14 609 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda rekonstruksiya bo‘layotgan “Poytaxt” biznes markazida 9-fevral kuni yong‘in yuz berdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videolardan kadr

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazi rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar FVBga soat 11:40 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in va soat 11:51 da o‘chirilgan. Binoda qurilish materiallari yongan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar