Daryo

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Pora oldi-berdisi 2024-yilning 13-fevral kuni kechki 23:00 larda Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziy binosi yonida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish32 670 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyatining Kogon tumani prokurori B.G‘. 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, pora oldi-berdisi 2024-yilning 13-fevral kuni kechki 23:00 larda Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziy binosi yonida sodir bo‘lgan va prokuror voqea joyida dalillar bilan ushlangan. 

Aniqlik kiritilishicha, Kogon tumani prokurori 90 ming dollar porani “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” AJ ta’sischisi M.I.dan olgan. Evaziga viloyat prokuraturasi ish yurituvida bo‘lgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib, unga yengillik berishni va’da qilgan. 

Prokuratura tizimida 2012-yildan beri ishlab kelayotgan B.G‘. 2022-yilning 11-aprel kunidan buyon Kogon tumani prokurori sifatida faoliyat yurita boshlagandi. Ayni paytda voqea yuzasidan Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar