Daryo

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko “Amirsoy”da chang‘i uchdi

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchi va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

1 daqiqa o‘qish31 160 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi yillarda O‘zbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchdilar.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar