Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/09/photo_2024-02-09_20-04-56-obP85fjZ.jpg)
![](/static/2024/02/09/photo_2024-02-09_20-04-58-dmaYgmnP.jpg)
Keyingi yillarda O‘zbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.
![](/static/2024/02/09/photo_2024-02-09_20-05-01-86AcZ-0J.jpg)
![](/static/2024/02/09/photo_2024-02-09_20-05-00-PZeqymya.jpg)
Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.
![](/static/2024/02/09/photo_2024-02-09_20-05-02-zHC9stGm.jpg)
Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchdilar.
Izoh (0)