Daryo

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi

Tayinlovdan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan

1 daqiqa o‘qish12 078 ko‘rishlar0 izoh0

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Foto: “Dunyo” AA

Kuvaytga elchi etib tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misrning “Al-Azhar” universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Ayubxon Yunusov 2016—2022-yillarda O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahromjon A’loyev o‘rniga tayinlandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar