Daryo

“Sharq” nashriyoti binolari Moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish kiritilgan

1 daqiqa o‘qish10 158 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentdagi “Sharq” nashriyoti binolari Moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi. “Gazeta.uz”ning xabar qilishicha, “Lex.uz”dagi Milliy ro‘yxatga kiritilgan o‘zgartirishlar shundan dalolat bermoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

O‘zbekistonda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi qarori bilan shakllantirilgan. Qaror ilovasining avvalgi tahririda Toshkent shahridagi moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatida 87-raqam ostida 1927-yilda qurilgan “Ilgarigi ‘Pravda Vostoka’ gazetasi bosmaxonasi binosi”, 88-raqam ostida esa XX asr davomida shakllangan “Sharq” nashriyoti matbaa korxonasi binolari ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Qaror ilovasiga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi yangi qarori asosida o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, Toshkent shahridagi moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatida 87 va 88-obyektlar yo‘q, ro‘yxatda 86-obyektdan keyin 89-obyekt keladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 28-sonli qarori ochiq e’lon qilinmagan, “Lex.uz” bazasida ham unga jonli havola berilmagan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023yil 20-sentyabrida “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi binolari va O‘zA binosini  sotuvga qo‘ygandi. Bu jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqargandi. Madaniy meros agentligi har ikkala bino O‘zbekiston moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilganini eslatib, ularni auksiondan olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish bergandi.

Agentlik o‘z bayonotida “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga muvofiq, davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligini ham bildirgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar