Daryo

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 621 ming so‘m etib belgilandi

2023-yilda minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etgandi

1 daqiqa o‘qish25 680 ko‘rishlar0 izoh0

Statistika agentligi 2023-yil bo‘yicha O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari va minimal iste’mol xarajatlariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda keltirilishicha, 2024-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘mni tashkil etdi. Mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash maqsadida foydalaniladigan ko‘rsatkich 9,3 foizga oshgan (so‘nggi marta 2023-yil iyul oyida 568 ming so‘mgacha oshirilgandi).

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda yil minimal iste’mol xarajatlari qiymati 498 ming so‘m etib belgilangandi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 440 ming so‘mni tashkil etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar