Daryo

Toshkent havosi ifloslanishi yana “zararli” darajaga chiqdi

Poytaxt aholisiga niqob taqish tavsiya etildi

1 daqiqa o‘qish20 354 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent havosidagi PM 2,5 dispersli zarrachalar miqdori 11-yanvar kuni soat 08:00 holatiga ko‘ra JSST tavsiyalaridan 17 baravar oshdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, bu vaqtda PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 85,5 mkg/m3 ni tashkil etdi.

PM 10 dispersli zarrachalarining miqdori va uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) esa Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan oshmadi.

IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, soat 08:00 da Toshkentdagi PM 2,5 chang zarralari JSST havo sifati bo‘yicha yillik yo‘riqnoma qiymatidan 20 baravar oshdi. Bu havoning “zararli” darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

Bu vaqtda tashqarida jismoniy mashqlar qilmaslik, uy derazalarni yopish, havo tozalagichlarni ishga tushirish hamda ko‘chada niqob taqish tavsiya etilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar