Daryo

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident, shuningdek, Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda bo‘lajak prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi

1 daqiqa o‘qish13 936 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, ikki davlat rahbari o‘zaro telefon orqali muloqot qildi. Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan tabriklab, qardosh ozarbayjon xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezident Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini ta’minlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy o‘rni alohida qayd etdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston—Ozarbayjon munosabatlarida yuksak darajaga — strategik sheriklikka erishilganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladi. O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida amaliy hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishini shakllantirishga kelishib oldi.

Shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda bo‘lajak prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar