Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 9-noyabr kuni rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Toshkentga keldi.
U Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev poytaxtga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)