Daryo

Bosh vazir Abdulla Aripov 25–26-oktyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘ladi

Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish10 492 ko‘rishlar0 izoh0

Joriy yilning 25–26-oktyabr kunlari Bishkek shahrida (Qirg‘iz Respublikasi)  Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar qildi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi mazkur yig‘ilishlarda ishtirok etadi.

Bishkek shahridagi tadbirlar doirasida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

12-oktyabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi doirasida Abdulla Aripov mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, energetika, transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar, turizm, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar