Daryo

O‘zbekistonning qaysi hududlarida maktab o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanayotgani aytildi

Hozirda 1263 ta maktab o‘quvchilari bepul ovqatlantirilmoqda

1 daqiqa o‘qish69 259 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning ikkita hududida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat (davlat hisobidan) tarqatish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov maʼlum qildi.

Jamshid Qo‘chqorov
Foto: “Daryo”

Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, hozirda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari davlat hisobidan ovqatlantirilmoqda.

“Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan taʼminlash maqsadida 1 ming 263 ta umumtaʼlim maktabida tahsil oluvchi 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqatlanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan”, — dedi vazir.

Avvalroq 2022-yil 1-apreldan boshlab Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istondagi maktablarning 1—4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash tizimi joriy etilishi xabar qilingandi. Keyin Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash boshlangani bildirilgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar