Daryo

 Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tayinlovga qadar u Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlagan

1 daqiqa o‘qish13 777 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Sherzod Rabiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Telegram / Sevara Urinbayeva

Shu bilan birga, adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muhammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Sherzod Rabiyev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2022-yil noyabr o‘rtalarida adliya vaziri lavozimida ishlab kelgan Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi bo‘lgani va shu munosabat bilan adliya vaziri lavozimidan ozod etilgandi. Shundan buyon mazkur lavozimda Akbar Toshqulov ishlab kelmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar