Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. 10-may kuni 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalda jang qiladi

Do‘stmatov yaponiyalik bokschiga qarshi, Jalolov esa azaliy raqibi Konkabayev bilan to‘qnash keladi

1 daqiqa o‘qish38 010 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan qator janglar 10-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: Boks federatsiyasi

11 nafar o‘zbekistonlik bokschi 10-may kuni o‘z janglarini o‘tkazadi. Besh nafar bokschi kunduzgi dasturda jang qilsa, qolgan olti nafarining jangi kechki dasturdan o‘rin olgan.

  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Tomoya Suboi (Yaponiya), (B ring, 14:00);
  • -57 kg: Abdumalik Halokov – Ishish Yusuf (Iordaniya), (B ring, 14:25 dan so‘ng);
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Lounes Xamraoui (Fransiya), (A ring, 15:10 dan so‘ng);
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Igor Sviridchenkov (Rossiya), (B ring, 15:25 dan so‘ng);
  • -92 kg: Lazizbek Mullajonov – Sezar La Kruz (Kuba), (A ring, 16:25 dan so‘ng);
  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev – Gabriel Eskobar (Ispaniya), (B ring, 18:40 dan so‘ng);
  • -60 kg: Mujibillo Tursunov – Vsevolod Shumkov (Rossiya), (B ring, 18:55 dan so‘ng);
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Roniel Iglesias (Kuba), (B ring, 19:25 dan so‘ng);
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev – Filip Akilov (Vengriya), (B ring, 19:55 dan so‘ng);
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev – Alfonso Dominges (Ozarbayjon), (A ring, 20:25 dan so‘ng);
  • +92 kg: Bahodir Jalolov – Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston), (B ring, 21:10 dan so‘ng).

O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu musobaqada 13 nafar vakil bilan qatnashdi. Ularning 11 nafari chorak finalga qadar yetib keldi. Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) va Shodiyor Meliqo‘ziyev (-48 kg) avvalgi bosqichlarda o‘z yurishini to‘xtatgandi.

Janglarni quyidagi havolalar orqali IBA’ning rasmiy saytida jonli tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

A ring — jonli efirga havola

B ring — jonli efirga havola

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar