Daryo

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi (foto) 

Marosimda ishtirok etish uchun Qatar tashqi ishlar davlat vaziri O‘zbekistonga keldi

1 daqiqa o‘qish13 734 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati. Unda ishtirok etish uchun Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy tashrif buyurgan.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Qayd etilishicha, maslahatlashuvlar chog‘ida siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilingan. Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.

Shu kuni ikki davlat hukumatlari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari ishtirokida Toshkentdagi Qatar elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

“Shubhasiz, Qatarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi munosabatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlik ufqlarini kengaytirish, savdo va investitsiyaviy sohalarni, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiladi”, — deb yozadi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

2023-yil mart boshlarida O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochilishi rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 1992-yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurdi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar