Daryo

UzAuto Motors Damas va Labo ishlab chiqarishni oshirish maqsadida tender e’lon qildi

Payvandlash va kesish liniyasi quriladigan bo‘lsa, yiliga 100 ming dona Labo va Damas ishlab chiqariladi

1 daqiqa o‘qish22 572 ko‘rishlar1 izoh0

UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyati filiali Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarish quvvatini yiliga 70 ming donadan 100 ming donaga oshirish uchun texnik baza qurish bo‘yicha tender e’lon qildi. Bu haqda “etender.uzex.uz” portalida ma’lum qilindi.

Skrin: “etender.uzex.uz”

UzAuto Motors 30-mart kuni Labo avtomobillarining kuzov qismlarini payvandlash va po‘lat rulonlarni bo‘ylama kesish liniyasi binosini qurish obyekti bo‘yicha tenderni portalga joylagan. 17-aprel kuni yakunlanadigan lotning boshlang‘ich qiymati 20 milliard 406 million 218 ming so‘mni tashkil etadi.

Loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra, qurilish ishlarining umumiy qiymati 28 milliard 700 million so‘mdan oshadi. Bu mablag‘ hisobidan, liniya binosidan tashqari:

  • payvandlash sexi;
  • bo‘yoqlash sexi;
  • yig‘uv sex qurish;
  • obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Skrin: texnik hujjat

Texnik hujjatga ko‘ra, 2023-yildan boshlab UzAuto Motors’ning Xorazm filialida har yili 80 ming dona Damas, 20 ming dona Labo ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar