Daryo

Farg‘onada 20 yoshli yigit o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi

Fojia marhuma va kelin o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida yuz bergan

1 daqiqa o‘qish44 468 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘onada 20 yoshli o‘g‘il oilaviy kelishmovchilik sabab o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, Marg‘ilon shahar “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro A.R. pichoq bilan onasining yelka qismiga qasddan urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

“O‘sha kuni marhuma va kelin o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Fuqaro A.R. oilasini bu janjallardan tashqariga olib chiqib ketaman degan maqsadda ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarmoqchi bo‘lgan. Bizga ushbu oilada janjal bo‘layotganini xabar qilishdi. Xotin-qizlar faoli, profilaktika noziri bilan kirib borayotganimizda shu holat yuz berdi”, — deydi mahalla raisi.

Sudlanuvchiga ilgari tayinlangan 12 yillik qamoq jazosidan norozi bo‘lib, voyaga yetmagan farzandi va ikki nafar ukasi borligi, otasini esa kasal deb, apellyatsiya tartibida shikoyat kiritgan. Farg‘ona viloyati sud apellyatsiyasi instansiyasida mahkumning shikoyati ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘zgarishsiz  qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil oktabrda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 29 yoshli o‘g‘il 51 yoshli onasini pichoqlab o‘ldirgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar