Daryo

Turkiyadagi zilziladan jabr koʻrganlar uchun Toshkentda tashkil etilgan moddiy yordam markazi (foto, video)

Oʻzbekistonliklar texnoparkka turli oʻlcham va hajmdagi kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar tagliklari, gigiyenik vositalar, maishiy texnikalar, isitish moslamalari, koʻrpa-toʻshak, chodir kabi zarur mahsulotlarni olib kelmoqda

2 daqiqa o‘qish22 790 ko‘rishlar0 izoh0

8-fevraldan Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan Toʻqimachilik instituti texnoparkida Turkiyadagi zilziladan jabr koʻrganlar uchun moddiy yordam aksiyasi boshlandi. 

Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan Toʻqimachilik instituti texnoparki
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oʻzbekistonliklar texnoparkka turli oʻlcham va hajmdagi kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar tagliklari, gigiyenik vositalar, maishiy texnikalar, isitish moslamalari, koʻrpa-toʻshak, chodir kabi zarur mahsulotlarni olib kelmoqda. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Daryo” kunning qaysi vaqti boʻlishiga qaramay davom etayotgan jarayonlardan reportaj tayyorladi.

Xayriya ishlariga bosh-qosh boʻlayotgan faollardan biri tadbirkor Xaldun Jan Shekerji oʻzbek xalqining mehribonligi va hamdardligi uchun minnatdor.

Tadbirkor Xaldun Jan Shekerji
Foto: Videodan kadr 

— 20 yildan beri Oʻzbekistonda yashayman. Bu yerdagi oʻzbek va turk xalqi Turkiyadagi falokatdan qiynalganlarga hamjihatlikda yordam berishyapti. Oʻzbek qardoshlarimizdan juda xursandmiz, mana ikki kunki, tinmasdan uylaridagi buyumlari, kiyim-kechaklari, hattoki kichkintoy bolalar oʻzlari yigʻgan pullarini olib kelishyapti. Xudo xohlasa, bugun birinchi samolyot joʻnaydi, reysni bepul qilib bergani uchun “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ga ham katta rahmat. Undan avvalroq hurmatli prezidentning koʻrsatmasi bilan FVVdan 100 ta texnik  mashina yuborildi. Bu yerda soʻzlar bilan aytiladigan narsa juda kam, faqat koʻrish, guvoh boʻlish kerak. Oʻzbek xalqi turklar dardini chin qalbdan his qilyapti, masjidlarda duo qilishyapti, moddiy, moliyaviy yordam berishyapti. Dushmanimizga ham bunday falokatni ravo koʻrmaymiz, yurtimiz tinch boʻlsin, — deydi u.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar