Daryo

Uzbekistan Airways Airbus’dan 12 ta yangi samolyot sotib oladi

Hozirda aviakompaniya parkida Airbus A320 oilasiga tegishli 17 ta samolyot mavjud

1 daqiqa o‘qish28 634 ko‘rishlar0 izoh0

Uzbekistan Airways Airbus aviaqurilish kompaniyasi bilan A320neo oilasiga tegishli 12 ta samolyot (sakkizta A320neo va to‘rtta A321neo) xarid qilish uchun shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi avialaynerlar aviakompaniyaning bugungi kunda 17 ta Airbus A320 oilasiga tegishli havo kemalaridan iborat aviaparkiga kelib qo‘shiladi. Yangi shartnoma doirasida dvigatellarni tanlash keyinchalik aviakompaniya tomonidan buyurtma qilinadi.

Yang samolyotlar Airbus Airspace saloniga ega bo‘lib, u yo‘lovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Uzbekistan Airways yangi samolyotlardan yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.

“Airbus bilan imzolangan shartnoma aviakompaniya parkini modernizatsiya qilish strategiyamizning yangi bosqichi bo‘lib, yo‘lovchilarga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taklif qilishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, A320neo oilasining ushbu havo kemalari bizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavqeyimizni yanada yaxshilashga va mintaqa ichida ham, undan tashqarida ham parvozlar xaritasini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi”, — degan Uzbekistan Airways boshqaruv raisi.

“Uzbekistan Airways bilan hamkorligimiz 1993-yilda boshlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytirish uchun yana A320neo oilasiga mansub havo kemalarini tanlagani katta sharaf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. A320neo oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari Uzbekistan Airways kompaniyasiga ushbu o‘sishdan foyda olish va mintaqada yetakchi rollardan birini egallash imkonini beradi”, — Airbus kompaniyasi bosh tijorat direktori Kristian Sherer.

A320neo oilasi yonilg‘i tejamkorligi CO2 (karbonat angidrid) chiqindilarining kamida 20 foizini ta’minlaydigan yangi avlod dvigatellari va Sharklets kabi so‘nggi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. 130 dan ziyod mijozlarning 8600 dan ortiq buyurtmalarini olgan A320neo oilasi dunyodagi eng mashhur havo kemasi hisoblanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda loukoster formatidagi aviakompaniya ish boshladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar