Daryo

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Cobalt kanalga tushib ketdi

Mashinada faqat haydovchi bo‘lgan, ayni paytda u sog‘-salomat

1 daqiqa o‘qish38 252 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Sergeli tumanida harakatlanib ketayotgan Cobalt kanalga tushib ketdi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 12-yanvar kuni “Xonobodtepa” MFY Qipchoq ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qipchoq kanaliga Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruv ekipaji yetib borgan, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, mashinada faqat haydovchi bo‘lgan. Ayni paytda u sog‘-salomat.

Tumanda bu kabi voqea avval ham sodir bo‘lgan. O‘shanda hokimlik tomonidan ko‘prik chetlariga temir panjaralar o‘rnatilgan. Endilikda beton qotishmasi bilan chegaralash ishlari olib boriladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar