Daryo

O‘zbekistondagi bir qator vazirliklarga yangi rahbarlar tasdiqlandi

Xususan, Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri, Behzod Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, Sherzod Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimini egalladi

1 daqiqa o‘qish41 016 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistondagi bir qator vazirliklarga yangi rahbarlar tasdiqlandi.

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha,
  • Sherzod Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
  • Laziz Kudratov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
  • Bobur Islomov tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
  • Botir Zokirov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga;
  • Behzod Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
  • Ibroxim Abdurahmonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
  • Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga;
  • Aziz Abduhakimov tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
  • Adxam Ikromov yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
  • Sherzod Shermatov raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
  • Ozodbek Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
  • Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimiga;
  • Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan avval moliya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgan Timur Ishmetov va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, Ochilboy Ramatov, Jamshid Qo‘chqorov, Jamshid Xo‘jayev va Zulayho Mahkamova O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarligiga tasdiqlandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar