Daryo

Toshkentda ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati bu borada ogohlantirish bilan chiqdi

1 daqiqa o‘qish14 010 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dilzoda Hamidjonova / “Daryo”

Toshkentda noqulay ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Dilzoda Hamidjonova / “Daryo”

Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalari harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

“Ob-havoning keskin o‘zgargani, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa, qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qat’iy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Poytaxtda 4-dekabr kuni qor yog‘a boshlagandi. “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 5-dekabr kuni ham qor yog‘ishi davom etadi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar