Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yaqinda vafot etgan tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyni so‘nggi manzilga kuzatish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda BelTA axborot agentligi.

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Vidolashuv marosimi Minskdagi Markaziy ofitserlar uyida bo‘lib o‘tmoqda. Makey bilan xayrlashish uchun Lukashenkodan tashqari vazirning oila a’zolari, TIV xodimlari, yuqori lavozimli amaldorlar, vazirlik, idora va davlat organlari rahbarlari va yana ko‘plab odamlar kelgan. Marosimdan keyin Makey Minskdagi Sharqiy qabristonga dafn etiladi.

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Makey 26-noyabr kuni 64 yoshida vafot etdi. Vazirning o‘limi haqida e’lon qilgan Belarus Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz o‘lim sabablarini ma’lum qilmadi. Keyinroq OAV uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani haqida ma’lumot e’lon qildi.

Lukashenko Makeyning yaqinlariga hamdardlik izhor qildi. O‘zbekiston TIV ham Vladimir Makey vafoti munosabati bilan Belarusga hamdardlik bildirdi hamda diplomat so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shganini qayd etdi.

Makey 2012-yil 20-avgustdan buyon Belarus tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 1993-yildan beri Makey Belarus Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan Davlat protokol xizmati rahbarining o‘rinbosari, mamlakatning Yevropa Kengashidagi vakili bo‘lgan. U 2000—2008-yillarda Lukashenkoning yordamchisi, 2008—2012-yillarda esa uning ma’muriyati rahbari bo‘lib ishlagan.

Vladimir Makey SHHT sammiti doirasida O‘zbekistonga ham kelgan va 14-sentabr kuni Vladimir Norov bilan uchrashgan edi.

Izoh

Алишер Ашуров

29.11.2022, 17:53

Ajoyib

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?