Daryo

Lukashenko Ukrainada qon to‘kilishini to‘xtatish uchun hamma chorani ko‘rishga va’da berdi

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus xalqaro maydonda tinchlik tashabbuslari bilan chiqqan va bunda davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish25 182 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus hech kimga hujum qilmaganini va hujum qilmasligini aytdi, shuningdek, Minsk Ukrainada qon to‘kilishini to‘xtatish uchun hamma chorani ko‘rishiga va’da berdi. Bu haqda “BelTA” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

“Belarusliklar o‘z tarixida hech kimga hujum qilmagan. Shunday bo‘lib qoladi. Hech kimga tahdid qilmadik. Bu ham shunday bo‘lib qoladi. Biz har qanday xalqaro muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorimiz”, — dedi Belarus rahbari.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus xalqaro maydonda tinchlik tashabbuslari bilan chiqqan va chiqishda davom etmoqda.

“Biz qon to‘kilishini to‘xtatish uchun hamma narsani qilyapmiz”, — deb ishontirdi u.

Avvalroq Belarus prezidenti Ukrainada bir necha kun ichida tinchlikka erishish yo‘lini aytgan edi. Uning fikricha, buni yevropaliklar chin dildan xohlashi kerak.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar