Aleksandr Lukashenko Belarus Rossiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashayotganini, ammo o‘z harbiylarini ziddiyat hududiga yubormayotganini aytdi.

“Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyadagi ishtirokimizga kelsak, biz unda qatnashyapmiz. Buni yashirmayapmiz. Lekin biz hech kimni o‘ldirmayapmiz. O‘z harbiylarimizni hech qayerga yubormayapmiz. Biz o‘z majburiyatlarimizni buzmayapmiz”, — dedi Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, Belarus ziddiyat o‘zining hududiga tarqalmasligi uchun, shuningdek, “Polsha, Litva va Latviya tomonidan maxsus harbiy operatsiya niqobi ostida Belarus hududiga zarba berilishiga yo‘l qo‘ymaslik” uchun ham qatnashmoqda. “Avval aytganimdek, hech kim Belarus hududidan turib, ruslarning orqasiga pichoq urmaydi. Bizning ishtirokimiz mana shundan iborat”, — dedi Lukashenko.







