Daryo

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Haftaning birinchi yarmida Kaspiy dengiz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi

1 daqiqa o‘qish30 792 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“O‘zgidromet” haftaning birinchi yarmida Kaspiy dengiz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Dushanba va seshanba kunlari ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-oktabrda shimoliy hududlarda, 26-oktabrda respublika hududining katta qismida shamol 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang to‘zonlari kuzatiladi.

Harorat foni ushbu kunlarning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 1-2 darajaga past bo‘ladi va kechalari harorat 5-8 daraja, kunduzi 12-15 darajani tashkil qiladi. 25-oktabrda ba’zi joylarda harorat 17-20 daraja atrofida bo‘ladi.

Ish haftasining oxiriga kelib, respublika hududi bo‘yicha nisbatan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 3—8 daraja daraja, kunduzi esa 14-19 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar