Daryo

Vyetnamning loukoster aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda

Aviakompaniya Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

1 daqiqa o‘qish16 102 ko‘rishlar0 izoh0

Vyetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Foto: Uzbekistan Airports

Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 15-dekabrga belgilangan bo‘lib, parvozlar Airbus A-330 samolyotlarida 10 kunda 1 marta amalga oshiriladi.

VietJet Air — xalqaro arzon (loukoster) aviakompaniya bo‘lib, Vyetnamda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan birinchi xususiy aviakompaniyadir. Vietjet Air besh yil davomida (2017—2021-yillar) AirlinesRating tomonidan eng yaxshi budjetbop aviakompaniya sifatida e’tirof etilgan.

Mavzuga doir: Vyetnamga aviaqatnovlar tiklanishi rejalashtirilgan — Uzbekistan Airways

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar