Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana biznesni barqaror rivojlantirish mavzusida Toshkentda tashkil etilgan forumda barqaror biznes amaliyotiga o‘tish va ularni ilgari surish xususiy sektorning muhim o‘rnini ta’kidladi. Astxana bu orqali milliy va global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mumkinligini bildirgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“So‘nggi yillarda O‘zbekiston yanada barqaror kelajak sari ilg‘or qadamlar tashlamoqda. Buni hukumatning faoliyatida ham ko‘ryapmiz va bu juda tahsinga sazovor. Shu bilan birga, alohida ta’kidlamoqchimanki, barqaror rivojlanishga faqat davlat bilan hamkorlik qilish orqali erishib bo‘lmaydi, chunki xususiy sektor ham inklyuziv va barqaror o‘sishning ajralmas qismi hisoblanadi. BMT bosh kotibi ta’kidlaganidek, “xususiy sektorning sa’y-harakatlarini talab qilmaydigan yagona global maqsad yo‘q”, — dedi koordinator.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

70 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etgan forum O‘zbekistonda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) amaliyotlarini muhokama qilish va BMTning barqaror rivojlanish tamoyillarini xususiy sektorga integratsiyalash bo‘yicha birinchi platforma bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

BMT bosh kotibi yordamchisi, Global shartnomasi ijrochi direktori Sanda Odjiambo forum ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqib, Global shartnoma ahamiyati haqida gapirdi.

Inson huquqlari, munosib mehnat, atrof-muhit va korrupsiyaga qarshi kurashni qamrab oluvchi 10 tamoyilimiz global muammolarni hal qilishda kompaniyalar va jamiyatlarga foyda keltiradigan biznes rivojlanishi uchun asos yaratadi. Bugungi kunda 16 000 dan ortiq kompaniya va 3 000 dan ortiq notijorat tashkilotlar BMTning Global Shartnomasiga muvofiq barqaror, mas'uliyatli biznes siyosati va amaliyotini amalga oshirish majburiyatini olgan. Ushbu kuchli majburiyat orqali ular 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibining muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri geografik qamrovimizni kengaytirmoqdamiz va yangi mahalliy va ko‘p mamlakatli tarmoqlarni qurmoqdamiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan biz O‘zbekiston, keyin esa Qozog‘istondan boshlab, Markaziy Osiyoda ko‘p mamlakatli tarmoq yaratishga umid qilamiz. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi siz bilan yonma-yon ishlaydi va biznesni dunyoni yaxshilash uchun birlashtiradi.

BMT bosh kotibi yordamchisi, Global shartnomasi ijrochi direktori Sanda Odjiambo

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbirning keyingi muhokamalari hukumat, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, BMT Global Kelishuvining Turkiya, Gruziya, Shveysariya va Lixtenshteyndagi mahalliy tarmoqlari mutaxassislarini birlashtirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Forum ishtirokchilari O‘zbekistondagi BMT Global Kelishuvining birinchi ishtirokchilari vakillari: Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov, Artel Electronics kompaniyasining moliyaviy direktori Bektemir Murodov va Silverleafe kompaniyasining bosh direktori Dan Pattersondan shu sohada olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi. Ushbu uch kompaniya, shuningdek, BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha biznes koalitsiyasining O‘zbekistondagi asoschisi hisoblanadi. Ular BMTning Global kelishuvining mehnat, inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘nta tamoyilini targ‘ib qilishga ahd qilgan. Muhokamalar inson huquqlari va mehnat sharoitlari, atrof-muhit va biznesni modernizatsiyalash sohasidagi barqaror amaliyotlarni yoritib berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Zafar Hoshimov o‘z nutqi davomida qaror qabul qilishda barqaror va uzoq muddatli yondashuv muhimligini ta’kidladi: “Biz o‘z faoliyatimizni O‘zbekistonda zamonaviy chakana savdo tarmog‘ini yaratishdan boshladik, va qisqa muddatli maqsadlardan uzoq muddatli barqaror maqsadlarga o‘tish kompaniyalar oldida ko‘plab vazifalarni qo‘yadi. Ammo umuman olganda, biz uzoq muddatli strategiyalar ancha foydali va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligiga guvoh bo‘ldik. Biz bu borada juda ko‘p kuch va energiya sarflaymiz va men buni juda yaxshi iqtisodiy sarmoya deb bilaman. Kompaniyamizda amalga oshirilgan amaliyot YTTB va OTB mablag‘larini jalb qilishimizga katta yordam berdi. O‘sish va muvaffaqiyat sari borayotgan har qanday kompaniyaga shuni aytmoqchimanki, ESG va barqaror standartlarni joriy qilish soliq emas, bu investitsiya va unga shunday munosabatda bo‘lish kerak”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

AmCham O‘zbekiston xalqaro biznes assotsiatsiyasi ijrochi direktori Tatyana Bystrushkina ham forum ishtirokchilarining fikrlarini qo‘llab-quvvatladi: “Biznes pragmatik. Investitsiya qilingan har bir dollar foydali bo‘lishi kerak. Bugun xususiy sektor vakillari ta’kidlaganidek, ESG sarmoyadir. Global Shartnoma biznesni o‘qitish, bilim va ilg‘or tajriba almashish va biznesni ESGdan yaqin kelajakda o‘zini oqlaydigan sarmoya sifatida foydalanishga undashda alohida rol o‘ynaydi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)