Daryo

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandga yetib keldi

Aeroportda Turkiya rahbarini bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi

1 daqiqa o‘qish35 048 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 15-sentabr kuni Samarqandga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, aeroportda uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib olgan.

Oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirgan va qabriga gul qo‘ygan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiya yetakchisining tashrifi dasturida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar