Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Brayton” bosh murabbiyi Grem Potter “Chelsi”da Tomas Tuxel o‘rnini egallaydi.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

47 yoshli murabbiy “aristokratlar” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Londonliklar Potter uchun “Brayton”ga 16 million funt atrofida kompensatsiya to‘lab beradi.

Mutaxassis “Brayton”dan oldin “Suonsi” va Shvetsiyaning “Estersund” jamoalarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyidan buyon klub bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Tomas Tuxel Chempionlar Ligasining 1-turida “Dinamo” Zagreb jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng iste’foga chiqarildi. Murabbiy “aristokratlar” bilan 2020/21-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati sovrinini qo‘lga kiritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Barselona” “Atletiko” futbolchisini xarid qilsa, Ansu Fati jamoadan ketishiga to‘g‘ri keladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transformator ishlab chiqaruvchi Aysel energy korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Mahalliy
Toshkentdagi “Ippodromda” 2 bosh ot ochlikdan nobud bo‘ldi