“Real” yarim himoyachisi Eden Azar Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida “Seltik”ka qarshi o‘yinda (3:0) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Xavbek 30-daqiqada Karim Benzemaning o‘rniga maydonga tushdi va 77-daqiqada Dani Karvaxalning uzatmasini golga aylantirdi.
Belgiyalik futbolchi so‘nggi bor Chempionlar Ligasida 2020-yil noyabr oyida “Inter”ga gol urgandi.
Shuningdek, Shotlandiya klubiga urilgan gol Azar uchun faoliyatidagi 200-golga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)