Daryo

O‘zbekistonga haftaning ikkinchi yarmida salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi

1 daqiqa o‘qish26 112 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, kuz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan biroz iliqroq bo‘ladi, havo harorati kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha pasayadi. 7—9-sentabr kunlari faqat Qoraqalpog‘iston tumanlari bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

6-sentabr kuni shimolda, 7—8-sentabr kunlari respublikaning cho‘l hududlarida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar