Daryo

Farg‘onada 25 yoshli yigit onasini muntazam ravishda kaltaklab kelgan otasini o‘ldirdi

Unga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan

1 daqiqa o‘qish77 048 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida o‘z otasini o‘ldirgan 25 yoshli yigit 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: Videodan kadr

Xabarda aytilishicha, ota spirtli ichimliklar ichishga mukkasidan ketgan bo‘lib, mast holda o‘z xotinini muntazam ravishda kaltaklab kelgan.

Jinoyat sodir bo‘lgan 16-may kuni ham ota mast holda uyga kelib onasining birinchi guruh nogironi sifatida oladigan nafaqa pullarini berishni, unga aroq sotib olishini aytgan. Ayol pul yo‘qligini aytganida er uni do‘pposlab ketgan.

Bunga guvoh bo‘lgan yigit chidab turolmagan va otasini yerga yiqitib, ko‘krak qismiga bir necha bor tepgan. Uning egnida bo‘lgan sport kiyimi bog‘ichini olib, bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar