Daryo

Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining uchrashuvida qaysi masalalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi

Qayd etilishicha, uchrashuvda a’zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasining vakillari ishtirok etmoqda

1 daqiqa o‘qish19 352 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dunyo axborot agentligi

19-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 17-uchrashuvi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Qayd etilishicha, uchrashuvda a’zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasining vakillari ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, terrorizm, ekstremizm, qurol va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

SHHT Xavfsizlik kengashlari kotiblarining uchrashuvi 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va ko‘p tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi-maslahat mexanizmi hisoblanadi. Birinchi uchrashuv 2004-yil 4-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, SHHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 16-yig‘ilishi 2021-yil 23-iyun kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar