Daryo

Samarqand aeroporti SHHT sammiti munosabati bilan vaqtincha yopiladi

Aeroport 14-sentabrdan 17-sentabr qadar bo‘lgan muddatda tijoriy muntazam va nomuntazam yo‘lovchi hamda yuk reyslarini qabul qilmaydi

1 daqiqa o‘qish21 292 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Samarqand xalqaro aeroporti 14-sentabrdan 17-sentabr qadar bo‘lgan muddatda tijoriy muntazam va nomuntazam yo‘lovchi hamda yuk reyslarini qabul qilmaydi. Bu haqda aviakompaniya xodimlar uchun xalqaro ogohlantirish tizimiga tayanib Telegram’dagi “AviaAlertsUZ” xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumot uchun, 15—16-sentabr kunlari Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti Eron 2021-yil sentabrida tashkilotga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilganidan beri birinchisi bo‘ladi. SHHTga a’zo davlatlar: O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron. Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.

Sammitda tashkilotga a’zo ko‘plab davlatlar bilan umumiy chegaraga ega Afg‘onistondagi vaziyat har tomonlama muhokama qilinadi va muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar