Daryo

SHHT sammiti munosabati bilan Samarqand OTMlarida o‘qish kechroq boshlanadi

Joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi

1 daqiqa o‘qish16 164 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish sentabr oyining oxirida boshlanadi. Bu haqda Urgut tumani hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 15—16-sentabr kunlari Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTMlaridan istisno tarzida o‘qishni sentabr oyining oxirlaridan boshlaydi. Taxminiy sana — 22 yoki 26-sentabr.

Joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti Eron 2021-yil sentabrida tashkilotga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilganidan beri birinchisi bo‘ladi. SHHTga a’zo davlatlar: O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron. Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.

Sammitda tashkilotga a’zo ko‘plab davlatlar bilan umumiy chegaraga ega Afg‘onistondagi vaziyat har tomonlama muhokama qilinadi va muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar