Daryo

Tayyorlanishi oddiy, ammo mazasi og‘izda qoladigan tovuqli naggets retsepti

Yegulikni tayyorlash uchun atigi 20 daqiqa kifoya

1 daqiqa o‘qish41 826 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri tayyorlanishi oddiy, ammo mazasi og‘izda qoladigan naggets retsepti bilan bo‘lishdi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • un — 120 gramm;
  • tuxum — 2 ta;
  • suv — 2 osh qoshiq;
  • quritilgan non — 250 gramm;
  • tovuq filesi — 300-350 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 500 ml;
  • tuz va murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Un, tuz va murch bir idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Tuxum suv bilan ko‘pirtiriladi. Quritilgan non alohida idishga solinadi.
  3. Tovuq mayda bo‘laklarga bo‘linadi va unli aralashmaga botiriladi.
  4. So‘ngra, tuxumli aralashma va quritilgan nonga ham botiriladi.
  5. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdirilib, tovuq bo‘laklari har ikki tomondan qizarguncha qovuriladi.
  6. Ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lish uchun naggetslar qog‘oz salfetka ustiga terib chiqiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar