Daryo

Pomidor va pishloq qo‘shilgan tovuqli taom retsepti

Tushlik yoki kechki ovqat, shuningdek, bayramona stol uchun tayyorlanishi oson va mazali taom retsepti bilan bo‘lishamiz

1 daqiqa o‘qish34 366 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Shutterstock

Tushlik yoki kechki ovqat, shuningdek, bayramona stol uchun tayyorlanishi oson va mazali taom retsepti bilan bo‘lishamiz.

Foto: Shutterstock
Mahsulotlar:
  • Tovuq to‘shi — 4 dona
  • Qattiq pishloq yoki motsarella — 80-100 g
  • Pomidor — 2 ta
  • Soya sousi — 2 osh qoshiq
  • O‘simlik moyi — 1 osh qoshiq
  • Sarimsoq
  • Tuz
  • Murch
  • Ko‘katlar
Tayyorlanishi:
  1. Har bir tovuq to‘shiga 5-6 ta ko‘ndalang kesma kesing.
  2. Pishloq va pomidorni ingichka bo‘laklarga bo‘ling.
  3. Tovuqni tuz va murch bilan ziravorlang.
  4. Har bir kesilgan joyga bir bo‘lak pomidor va pishloq qo‘ying.
  5. Tovuqni pech patnisiga qo‘yib, soya sousi, yog‘ va sarimsoqni aralashtirib, tovuq to‘shiga surting.
  6. Taxminan 30 daqiqa davomida 200 ° C da oldindan qizdirilgan pechda pishiring.
  7. Tayyor taomga maydalangan ko‘kat seping.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar