Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, sabzavotlar hamda pomidor mol go‘shtini yumshoq bo‘lib pishishini ta’minlaydi. Rayhon hamda ziravorlar esa taomga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • mol go‘shti — 350 gramm;
  • o‘simlik moyi — 1-2 osh qoshiq;
  • baqlajon — 1 dona;
  • pomidor — 2 dona;
  • bulg‘ori qalapmiri — 2 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • suv — 200 ml;
  • tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
  • rayhon, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Piyoz dumaloq, go‘sht esa mayda to‘g‘raladi.
  2. Piyoz yog‘da 4-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Ustidan mol go‘shti solinib, taxminan 40 daqiqa davomida usti yopiq holda past olovda pishiriladi.
  4. Pishishidan 5-10 daqiqa oldin tuz va murch sepiladi.
  5. Ungacha baqlajon mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralib, 20 daqiqaga tuzli suvga solinadi.
  6. So‘ngra yaxshilab yuvilib, salfetka ustiga yoyib chiqiladi.
  7. Pomidor, bulg‘ori qalampiri, sarimsoq va piyozning qolgan qismi mayda to‘g‘raladi. Sabzavot, tuz, murch, rayhon va ziravorlar solinadi.
  8. Sabzavotlar va pishirilgan go‘sht bir idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  9. Tomat pastasi bilan birgalikda suv quyiladi.
  10. Idish qopqog‘i yopiladi.
  11. Taxminan 40-45 daqiqa davomida 200 daraja pechda pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda