Daryo

Pishloq va pomidor bilan to‘ldirilgan qovoqchali taom retsepti

Ushbu taomni ta’bingizga qarab turli ko‘katlar, sabzavotlar bilan bezatishingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish33 732 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Pitssa kabi mazali ushbu taom sabzavotlardan tayyorlanadi. Uni klassik pitssa ingrediyentlari bilan, ya’ni pishloq, cherri pomidori, pomidor qaylasi va zaytun bilan boyiting. Ushbu taomni ta’bingizga qarab turli ko‘katlar, sabzavotlar bilan bezatishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • Qovoqcha — 1 ta;
  • Tozalangan zaytun — ta’bga ko‘ra;
  • Pishloq —  100 g;
  • Pomidor qaylasi — 4 osh qoshiq;
  • Cherri pomidori — 12-16 dona;
Tayyorlanishi:
  1. Qovoqchani uzunligi bo‘ylab yarmidan bo‘ling. Ularning o‘rtasini qoshiq bilan o‘yib oling.
  2. Har bir zaytun bo‘lagini 2-3 qismga bo‘lib maydalang. Pishloqni ham maydalang.
  3. Qovoqchaga pomidor qaylasini surting va ustidan pishloq seping. Uning ichini pomidor va zaytun bilan to‘ldirib, ustidan yana pishloq seping.
  4. Qayiq shaklidagi qovoqchalarni 25 daqiqa 180 darajada pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar