Daryo

Toshkentda harakatlanayotgan avtobus salonidan tutun chiqdi

Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan

1 daqiqa o‘qish29 877 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida harakatlanayotgan avtobusda tutun chiqqani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2022-yilning 30-iyun kuni soat 11:02 da, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan harakatlanib borayotgan avtobusning dvigatel yog‘ini o‘tkazuvchi shlang yorilib qizib turgan kollektorga moy tomishi oqibatida tutashuv (tutun) hosil bo‘lgan.

Avtobusda yong‘in kelib chiqmagan. Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

Ushbu avtobus 2013-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 905 397 km masofani bosib o‘tgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar