Daryo

Buxoro shahridagi markaziy dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Bozorning 40 kvadrat/metr maydoni zarar ko‘rgan

1 daqiqa o‘qish25 301 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Buxoro viloyat FVB

Buxoro shahridagi markaziy dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lib, bozorning 40 kvadrat/metr maydoni zarar ko‘rdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyev xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat FVB

Ta’kidlanishicha, 2022-yilning 29-iyun kuni Buxoro shahridagi “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJning orqa tomonidagi Pistashikanon ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan binoda yong‘in kelib chiqqan.

Soat 09:15 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in haqidagi xabar kelib tushgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun zudlik bilan to‘rtta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan. Soat 09:26 da yong‘in sodir bo‘lgan atrof o‘rab olingan va yong‘in soat 09:59 da batamom o‘chirilgan.

Foto: Buxoro viloyat FVB

“Yong‘in sodir bo‘lgan savdo do‘koni yakka tartibdagi tadbirkor Hilola G‘ulomovaga tegishli ekani aniqlandi. Yong‘in do‘konda o‘rnatilgan elektr simlarda ortiqcha yuklanish oqibatida sodir bo‘lgan. Tadbirkorga qarashli savdo do‘konining 40 kvadrat/metr maydonning tom qismi va ichidagi barcha matolari yonib ketgan. O‘z vaqtida yong‘in xabari yetkazilmaganida, savdo do‘koni joylashgan binoning 200 kvadrat metri ham batamom yonib ketishi mumkin edi. Fuqarolardan, ayniqsa, savdo xodimlaridan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini talab qilamiz”, — deydi Mirjon Fayzulloyev.

Bildirilishicha, yong‘in sabab tadbirkor katta zarar ko‘rgan. Shuningdek, dehqon bozoriga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni joylashgan bino ham yong‘in oqibatida zararlangan.

Ayni paytda yong‘in oqibatida kelib chiqqan ziyon miqdori aniqlanmoqda. Jarohat olganlar yo‘q.

Mavzuga doir: Самарқанддаги «Зарафшон» миллий табиат боғи ҳудудида ёнғин содир бўлди

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar